Bugun, 8-sentabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida ma'naviyat bo'limi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish" mavzusida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuv o'tkazildi.
Unda Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari, ta’lim muassasamizning katta profilaktika inspektori U.Nazarov, tarix, fizika hamda matematika fakulteti dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi K.Karimov va universitet katta profilaktika inspektori U.Nazarovlar tomonidan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tom ma’noda o‘sib kelayotgan yosh kelajak avlodni haqiqiy yurt farzandlari qilib tarbiyalash maqsadida barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilganini, hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotgan bo‘lsada, afsuski, viloyatda olib borilayotgan targ‘ibot tashviqot ishlariga qaramasdan so‘ngi paytlarda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida jinoyatchiliklar sodir etilayotgani takidlandi.
Shundan so'ng, Yoshlar ittifoqi faoli N.Ibrohimova oliygohda talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar, loyihalar va tanlovlar haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Uchrashuv yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI