Universitetimiz vakillarining Milliy tadqiqot Tomsk davlat universitetiga xizmat safarining eng muhim qismlaridan biri ushbu oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi hisoblanadi.
Universitet rektor Akramjon Yuldashev ikki yil Andijon davlat universitetida o‘qib, tahsilni Tomskda davom ettirayotgan Biznes boshqaruvi hamda Arxivshunoslik va hujjatshunoslik ta’lim yo‘nalishlarining 40 nafarga yaqin talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda rektor talabalarning yangi sharoit va ta'lim jarayoniga moslashuvi, o‘qish va undan tashqaridagi jarayonlar, ularning muammolari haqida muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida talabalarning fikr-mulohazalari eshitildi, taklif va muammolari o‘rganildi.
Shundan so‘ng, rektor ushbu fakultetlarning rahbarlari bilan uchrashib, talabalarimizning o‘zlashtirish darajasi, o‘quv jarayonidagi o‘ziga xos holatlar haqida muloqot olib bordi va talabalar bilan suhbatda bildirilgan takliflarini, fikr-mulohazalarni fakultet rahbarlari bilan muhokama qilib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI