Bugun, 6-sentabr kuni universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev Milliy tadqiqot Tomsk davlat universiteti rektori, professor Eduard Vladimirovich bilan uchrashdi.
Uchrashuvda akademik hamda ilmiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan qator loyihalar muhokama qilindi.
Dastlab, ikki oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari o'rtasida hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot loyihalari, qo'shma ta'lim dasturidagi talabalarining o'quv jarayonlari bo'yicha fikrlar almashdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomon uchun muhim hujjat - Andijon davlat universiteti hamda Tomsk davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi imzolandi.
O'ylaymizki, ushbu hujjatni amaliyotga joriy etish ikki tomon uchun ham manfaatli va samarali bo'ladi. Muloqot so‘nggida rektorlar o‘zlarining esdalik sovg‘alarini bir-birlariga taqdim qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI