Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Tomsk davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.
Universitetda qoʻshma taʼlim dasturiga asosan Tarix fakultetining arxivshunoslik va hujjatshunoslik ta’lim yo’nalishining ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarimiz oʻqishini davom ettirish uchun O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri Muhammadjon Alixojiyev boshchiligida Tomsk davlat universitetiga jo‘nab ketdilar.
Dastlab, talabalarga mas'ullar tomonidan Tomsk davlat universitetining oʻquv binolari, maʼruza zallari, oʻquv auditoriyalari va zamonaviy axborot-resurs markazlari tanishtirilib, OTMning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar berildi.
Shundan so'ng, Tarix va siyosiy fanlar fakultetining professor-oʻqituvchilari hamda talabalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan professorlar barcha talabalarimizni “Bilimlar kuni” bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.
Talabalar hozirda ushbu oliygohning talabalar turar joyiga joylashtirilib, yangi o’quv yili uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI