Andijon Davlat
Universiteti
23- APREL – BUTUNJAHON KITOB VA MUALLIFLIK HUQUQI KUNI
2018-04-23    4463

Turgan joyingdan jilmay qolasan,

Birovga parvo qilmay qolasan.

Vaqt o‘tganin ham bilmay qolasan,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

 

Unitiladi bo‘lsa charchog‘ing,

Yodga kelmaydi hatto chanqog‘ing.

Qo‘lingda bo‘lar chin do‘st-o‘rtog‘ing,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

 

Arziydi suysang quchib erkalab,

Do‘stni e’zozlash do‘stdandir talab.

Qo‘lingdan qo‘yma har kech-ertalab,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

 

Katta boylikka bo‘libsan ega,

Kitobi yo‘qlar egadir nega?

Robbim marhamat etibdi senga,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

 

Yoritsin uning nuri yo‘lingni,

Nurga to‘ldirsin hamda ko‘nglingni.

Aziz qilibdi hatto qo‘lingni,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

 

Kitobdek bir do‘st bormi jahonda?

Yoningdadir ul zarur har onda.

O‘qib-o‘qib ol manfaat-foyda,

Qo‘lingda kitob bo‘lsa agar, do‘st.

G‘iyosiddin Muhammad Yusuf
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.