Andijon Davlat
Universiteti
Ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi boʻlgan hamda “Qizil" toifadagi yoshlar xolidan xabar olindi
2023-09-01    479

Bugun, 1-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev universitetga biriktirilgan “Qizil" toifadagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi boʻlgan yoshlar holidan xabar olish uchun Qorasuv shahrida bo'ldi.

Tashrif doirasida Mirzo Ulug'bek MFYlarida yashovchi 15 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron yoshlar holidan xabar olindi. Fuqarolar xonadoniga birma-bir kirib, xonadon egalarini Davlat Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy qutlab, ularning kundalik ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari va qimmatbaho sovg'alar berildi.

O'rganish ishlari davomida universitet rahbari bemor fuqarolar va yoshlarni doim ravishda holidan xabar olib, muammolarini hal etishda doim tayyor ekanini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.