Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda qatog'on qurbonlarini yod etish marosimi keng nishonlandi
2023-08-31    381

Ma'lumki, Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi har yili 31-avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida respublikamiz bo'ylab keng nishonlanadi.

Bugun, sana munosabati bilan Andijon davlat universiteti tuzulmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Qatog'on qurbonlarini yod etishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Andijon viloyati boʻlimi, xayriya jamg‘armasi faollari, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik, universitet professor-o'qituvchilari hamda Yosh avlod vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni "Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov tantanali ochib, El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, mustabid tuzum davrida million-million begunoh qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz haqida ma'lumotlar berdi va fidoyi va vatanparvar bobolarning hayoti va merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirishga katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Tadbir davomida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari A.Nurmatov tomonidan vatanimiz ozodligi yo'lida jonlarini baxshida qilgan ulug' ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirtishda juda katta ilmiy faoliyat ko'rsatayotganligi, vatanparvar, keng tafakkurli ilm egalarini tarbiyalashdagi mehnatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti professor R.Shamsutdinovga Tashakkurnoma topshirildi.

Ushbu tadbir xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli o‘g‘il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.