Andijon Davlat
Universiteti
Universitet Kengashining 2023/2024-o’quv yilidagi 1-sonli yig’ilishi o’tkazildi
2023-08-30    422

Bugun, 30-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet Kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi dastlabki yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov yig'ilganlarni Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan samimiy qutlab, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Muqaddasxon Tojiboyevani professorlik ilmiy unvoni, Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri Nasibaxon Noraliyevani  “Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi-"KIWIE-2023" tanlovida bronza medali hamda professorlik ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan universitet kengashi nomidan samimiy qutlab, diplomlar tantanali topshirildi. 

Dastlab, prorektor tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari o'qib eshittirildi va uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarni belgilash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so'ng, universitet Kengashining 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan yillik ish rejasi, DTS va malakaviy talablar asosida  ishchi o‘quv rejalar, fan dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualarini tasdiqlash va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.