Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetning Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalari muhokama etildi
2023-08-22    398

Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Mazkur yig’ilishda mas’ullar tomonidan Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Yig’ilish davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi va Andijon davlat universitetining Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.