Andijon Davlat
Universiteti
Rektor huzurida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o'tkazildi
2023-08-17    321

Bugun, 17-avgust kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida yangi 2023/2024-o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish ishlarini samarali tashkil qilish bo'yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda ta'lim muassasamizdagi barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori barcha mas'ullarga 2023/2024-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rish, o‘quv xonalarini hamda talabalar turar joylarini shay holatga keltirish, olis hududdan kelgan talabalarni munosib kutib olish, o‘quv auditoriyalari moddiy texnik bazalarini yana bir bor ko‘zdan kechirish, o'quv qo'llanmalar, darsliklar va boshqa me'yoriy hujjatlarni shay holatga keltirib, belgilangan barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Yig'ilish so'nggida ishtirokchilarining takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi hamda muhokama etildi va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.