Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti Turkiyaning Ege universiteti bilan "Biologiya ta'lim yo‘nalishi bo'yicha xalqaro qo'sh diplom berish hamda qo'shma talim dasturi doirasida mutaxassis kadrlar tayyorlash bo'yicha” tuzilgan shartnomaga ko'ra qabul e'lon qiladi
2023-08-16    589

Andijon davlat universiteti Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Ege universiteti bilan hamkorlikda 2023/2024-o'quv yili uchun qo'shma ta'lim dasturi doirasida Biologiya (turlari bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga o'qishga taklif etadi.

Ushbu ta'lim yo'nalishiga 30 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 10 nafar Turkiya fuqarolari “to‘lov-kontrakt” asosida qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur yo'nalishga kirish imtihonlari joriy yilning 16-30-sentyabrga qadar 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqichda mutaxassislik biologiya fanidan (og‘zaki) imtihon, 2-bosqichda Davlat test markazi tomonidan xorijiy til (turk tili) bo‘yicha abituriyentlar bilimi baholanadi. Turk tili bo‘yicha B2 va undan yuqori til sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar xorijiy til bo‘yicha test sinovlaridan ozod etiladi.

“QO‘SHMA TA’LIM DASTURI” (B-ÇDP) ga belgilangan me’yorlar asosida muvaffaqiyatli qabul qilingan talabalar dastlabki 2 yilini Andijon davlat universitetida, so'nggi 2 yilini esa Turkiya respublikasining Ege universitetida davom ettiradi va o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar qo‘sh diplom (O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya davlati) diplomlariga ega bo‘ladilar.

Ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar o‘z hujjatlarini Andijon davlat universitetining qabul offisiga yoki onlayn tarzda hamkor.adu.uz 2023-yilning 15-avgustdan 15-sentyabr kuniga qadar topshirishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

+998742248189 +998742248195

Ushbu havola orqali Ege universiteti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.