Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda uslubiy kengashning ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi
2023-08-15    286

Bugun, 15-avgust kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida 2023-2024-o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish ishlarini samarali tashkil qilish bo'yicha uslubiy kengashning ilk yig'ilishi o'tkazildi.

Unda o'quv uslubiy boshqarma boshlig'i G'ayratbek Haydarov, kafedra mudirlari hamda o'quv bo'limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig'ilishda prorektor R.Mullajonov barcha kafedra mudirlariga yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rishlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va fan dasturlarni tayyorlash, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayoni jadvaliga kiritilayotgan o‘zgarishlar, o'quv yilini samarali tashkil qilish bo'yicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berib oʻtdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.