Andijon Davlat
Universiteti
Xorijiy OTMlardan Andijon davlat universitetining alohida iqtidor talab qiluvchi ta'lim yoʻnalishlari uchun ijodiy imtihonlar boshlandi
2023-08-14    439

Bugun, 14-avgust kuni Andijon davlat universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Bugungi Imtihonda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha jami 57 nafar talabgorlar imtihon topshirishi belgilangan. Oʻtkazilayotgan ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazishda vazirlikning masʼul xodimlari hamda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi nazorat qilib bormoqda.

Talabgorlarning ota-onalari va barcha yaqinlari live.adu.uz platformasi orqali imtihonlarni jonli efirda kuzatib borishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.