Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA TALABALARNI TURAR JOY BILAN TAʼMINLASH BO'YICHA TALABALARGA QULAYLIK YARATILDI
2023-08-08    525

Andijon davlat universiteti ma'muriyati talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, talabalar turar joyidan joy olish uchun ariza qoldirishi hamda ijara xonadonlariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash hamda ehityojga ko'ra, ijara xonadonni topishda ko‘maklashish uchun @adu_ttj_ijarabot faoliyat yuritayotganini ma'lum qiladi.

Ushbu videorolikda botdan qanday foydalanish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ko'rsatib o'tilgan. 

Shuningdek, universitetda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan talabalarni TTJ va ijara bilan taʼminlash boʻyicha shtab tashkil etilgan boʻlib, yangi o'quv yili boshlanish davrida talabalarni yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida shtab aʼzolari tomonidan ehtiyoji bor talabalar uchun ijara xonadonlari ro'yxati shakllantirilib, tavsiya etilgan. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'rilmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.