Andijon Davlat
Universiteti
Bugun, 1-avgust kuni respublikamizda 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
2023-08-01    659

Andijon viloyatida test sinovlari 1-avgust kunidan 14-avgust kuniga qadar ikki smenada o'tkazilishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan Boburshox ko'chasida joylashgan "Olimpic" tantanalar saroyida test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalari uchun qulay sharoit yaratildi. Ular salqin joylarda oʻtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda imtihon da ishtirok etayotgan farzandlarini kuzatib bormoqdalar.

Shuningdek, abituriyentlar ota-onalarining test sinovlari haqidagi mulohazalari hamda imtihonlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq  fikrlari bilan tanishish, takliflarini o‘rganish maqsadida universitet psixologi hamda sotsiolog volontyorlari tomonidan so‘rovnomalar oʻtkazildi. Bu, oʻz navbatida, jarayonlarni yanada ochiq va shaffof oʻtishiga zamin yaratadi.

Ayniqsa, psixologlar tomonidan olib borilayotgan qiziqarli treninglar, psixologik xizmatlar ota-onalarga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.