Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar iste’dodli yoshlarni saralab bermoqda
2023-07-29    518

Universitetda 2023/2024-o’quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning to'rtinchi kuni boʻlib oʻtmoqda.

 

Bugun, 29-iyul kuni belgilangan grafik asosida futbol, boks, valeybol yoʻnalishlarining kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 110 nafar hujjat topshirgan abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkazilishi belgilangan.

 

Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilayotganini kuzatish uchun  keng jamoatchilik, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi vakillari, OAV xodimlari va taniqli jurnalistlar ishtirok etmoqda.

 

Abituriyentlarning ota-onalari imtihon jarayonlarini universitetda o‘rnatilgan katta monitor orqali real vaqt rejimida kuzatib borishmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.