Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni davom etmoqda
2023-07-28    449

Universitetga joriy oʻquv yili boʻyicha qabul kvotasi 1 ming 283 nafarni tashkil etadi. Oʻtgan oʻquv yilida bu koʻrsatkich 976 nafar boʻlgan. Ayni damda universitetning rangtasvir (dastgohli), sport faoliyati futbol, basketbol, kurash, boks, valeybol va badiy gimnastika kabi yoʻnalishlarida jami ming nafardan ortiq talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.

Bugun, 28-iyul kuni belgilangan grafik asosida futbol, boks, valeybol yoʻnalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo'yicha 134 nafar hujjat topshirgan abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Ijodiy imtihonlarni adolatli va shaffof oʻtkazilishini vazirlikning masʼul xodimlari, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi ham jarayonlarni kuzatib bormoqda. Sinovlar oʻtkazilayotgan hududlarga xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

 

Andijon davlat universiteti
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.