Andijon Davlat
Universiteti
Abituriyentlarning ota-onalariga test sinovlarini kuzatib borishlari uchun qulay sharoit yaratilmoqda
2023-07-28    2489

Ma'lumki, joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo'lib o'tadi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentning ota-onalarini salqin joylarda oʻtirib, farzandlarini ekran orqali imtihonda ishtirok etayotganligini koʻrishlari uchun Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan Boburshox ko'chasida joylashgan "Olimpic" tantanalar saroyida qulay sharoit yaratilmoqda.

Abituriyentlarning ota-onalari va birga kelgan yaqin qarindoshlari ushbu tantanalar saroyida qulay sharoitlarda tomosha qilib borishlari mumkin.

Manzil: Andijon shahar Boburshox ko'chasi geolokatsiya

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.