Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNING BIRINCHI KUNI BO’LIB O’TMOQDA
2023-07-26    527

Bugun, 26-iyul kuni Andijon davlat universitetida 7 ta taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Bugungi imtihonlar ikki smenada: 8:00 dan 18:00 gacha futbol, rangtasvir (dastgohli), badiy gimnastika ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 109 nafar abituriyentlarning imtihon topshirishlari belgilangan.

Mazkur sinovlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimi Qurbonnazar Ortiqov boshchiligidagi ishchi guruh hamda OAV xodimlari va taniqli jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Abituriyentlarning ota-onalar uchun universitetning katta majlislar zalida kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan katta monitor orqali  imtihon jarayonlarini to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishlari uchun qulay sharoit yaratilgan. Universitet hududida xavfsizlikni taʼminlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.