Andijon Davlat
Universiteti
Andijon viloyatidagi davlat Oliy ta'lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2023-07-25    402

Bugun, 25-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimi Qurbonnazar Ortiqov boshchiligida 2023/2024-o'quv yili uchun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilishiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, prorektorlar, kasbiy (ijodiy) imtihon komissiya raislari va aʼzolari ishtirok etdi. 

Yig'ilishda Qurbonnazar Ortiqov tomonidan barcha bo'lib o'tadigan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarida mas'ullar sitqidildan yondashib, imtihonlarni ochiq, shaffof va adolatli o'tishini ta'minlashlari alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, imtihon bo'lib o'tadigan hududlarda shaffofligini ta’minlash maqsadida o’rnatilgan kuzatuv kameralar, tele-video uskunalarning sozligi, abituriyentlarning ota-onalari uchun muassasa hududida toʻgʻridan-toʻgʻri imtihonlarni kuzatib borishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratishda mas'ul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.