Andijon Davlat
Universiteti
Korrupsion hamda jinoyatchilik holatlarning oldi olishga qaratilgan uchrashuv o'tkazildi
2023-07-24    334

Bugun, 24-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida ta'lim muassasamizning barcha bo'lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar uchun “Jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish: manfaatlar to‘qnashuvi, javobgarlik masalalari” mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.


Unda universitet katta yurist-konsulti Moʻtabarxon Sodiqova, korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Abdukarim Akbarov, bo'lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda M.Sodiqova tomonidan bugungi kunda respublikamizda jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko‘rilayotganligi, mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib borilayotganligi aytildi. 

Seminar davomida A.Akbarov korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradigan omil sifatida baholanadi. “Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash amaliyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, shu sababdan ham, bu muammo nafaqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Andijon davlat universiteti
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.