Andijon Davlat
Universiteti
GERMANIYALIK MUTAXASSIS TASHRIFI
2018-04-18    4083

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 –sonli qarorida Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda mahorat darslarini tashkillashtirish ta’kidlab o‘tilgan. Hozirda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, fakultetlar kesimida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, joriy yilning 13-14 aprel kunlari Germaniyaning Mayns universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan, hozirda Farg‘ona davlat universitetida faoliyatini davom ettirayotgan Karin Gusjyu universitetning Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi. Mehmonni fakultet dekani A.Mamatkulov, kafedra dotsenti K.Nazarov, nemis tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar samimiy, do‘stona ruhiyatda gullar bilan kutib oldilar. Tashrifdan maqsad nemis tili o‘qituvchilar va talabalari bilan akademik almashinuv, Germaniyada taxsil olish imkoniyatlari, nemis tili kafedrasi bilan tanishuv va xalqaro loyihalar haqida hamkorlik qilishdan iborat bo‘ldi.

Nemis tili kafedrasi dotsenti K.Nazarov mehmonni nemis tili kafedrasi o‘qituvchilari bilan tanishtirdi va kafedra faoliyati xaqida suhbat olib bordi. Shundan so‘ng, Germaniyalik mehmon Karin Gusjyuni fakultetning nemis tili ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan iqtidorli talabalarga ma’ruza darslarini o‘tdi. Talabalarga “Nemis tili o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”  mavzusida seminar o‘tib berdi. Ushbu seminarda talabalar va o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar seminardan so‘ng mehmonni tushlikka olib borildi. Tushlikdan so‘ng Andijon shahrining diqqatga sazovar joylari bilan tanishtirildi va soat 16 00 da “Berlin sentrum” xususiy maktabiga olib borildi U yerda nemis tili bo‘yicha taxsil olayotgan Andijonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mutaxassis universitetning xorijdiy tillar fakultetida nemis tili ta’lim yo‘nalishi 1-3 bosqich talabalariga ikki kun davomida ma’ruza darslarini o‘tdi.

Qisqa muddatli tashrif davomida nemis mutaxassis Andijonnning so‘lim go‘shalaridan biri bo‘lgan Shirmonbuloq qishlog‘ini tanishtirishga va tabiat qo‘ynida dam olishga olib borildi. U yerda Shirmonbuloq tarixi bilan tanishtirildi. Mehmon universitet talabalarining til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi va oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda ustozlari, kafedra o‘qituvchilari maslahatdosh ekanligidan juda mamnun bo‘ldi.  Karin Gusjyu qisqa muddatli tashrifi amalga oshirishga sharoit yaratib bergan universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusida bunday hamkorlik yana davom etadi.

Farhod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.