Andijon Davlat
Universiteti
QATAG'ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI UCHUN SURATLAR BUYURTMASI
2018-04-03    4352

Andijon davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilayotgan Andijon viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi uchun tarixiy mavzular aks ettiriladigan badiiy, tasviriy eksponatlar yaratish  bo‘yicha mato va moybo‘yoqlarda ishlanadigan quyidagi suratlar musavvirlarni hamkorlikka chorlaymiz:

  1. Xo‘ja Axror Valiy va Abduraxmon Jomiyni Andijon hokimi Umarshayx Mirzo huzuriga kelib uning farzandi Zahiriddinga Bobur nomi berilish daqiqasi. Mato, moybo‘yoq.
  2. «Andijonni 1876 yil yanvarida Chor Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan zabt etilishi». Mato, moybo‘yoq. 150x320 sm.
  3. «1898 yil mayida ko‘tarilgan Andijon qo‘zg‘oloni rahbari Dukchi Eshonni qatl etilish holati». Mato, moybo‘yoq. 120x180sm.
  4. «General Duxovskoyni Andijonga kelishi». Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.
  5. «1916 yil mardikorlikka olish jarayoni». Mato, moybo‘yoq. 130x180 sm.
  6. «General Kuropatkinning Andijonga kelishi. Jomiy madrasasi oldidagi qo‘zg‘olon». Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.
  7. Andijonga «Qizil Sharq» targ‘ibot(qatag‘on) poezdining kelishi. Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.
  8. Andijon stansiyasidan Ukrainaga «quloq»larning surgun qilinishidan kichik lavha. Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.
  9. 1930 yili Andijonda quloqlashtirishga, surgun qilishga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tasviri. Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.
  10. 1930 va II Jahon urushi davrida Andijonga deportatsiya qilingan chechenlar, koreyslar, mesxeti turklari, ingushlar, qrim tatarlari, polyaklar, yaponlar, asirlikka olingan nemislarning temiryo‘l stansiyasi vokzaliga tushirilish jarayoni. Mato, moybo‘yoq. 120x180 sm.

Murojaat uchun telefon: 0(374) 223-83-55


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.