Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 1800 o'rinli o'quv binosi va 600 o'rinli talabalar turar joyi bunyod etilmoqda
2023-07-04    438

Bugun, 4-iyul kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida bo‘ldi.

Dastlab, S.Buzrukxonov universitetda yangi qurilayotgan qo‘shimcha 1800 o'rinli o‘quv binosi hamda 600 o'rinli talabalar turar joyida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Obyektlardagi qurilish ishlari belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining xavfsizlik ko'rsatkichlariga alohida e'tibor berishligini taʼkidlab, kerakli tavsiyalarni berdi.

Shundan so'ng, oliygohda davlat-xususiy sheriklik asosida qad rostlagan 400 o'rinli talabalar yotoqxonasini ham ko'zdan kechirib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.