Andijon Davlat
Universiteti
Sannio universiteti professorlari Andijon davlat universitetida
2023-06-26    349

Bugun, 26-iyun kuni Andijon davlat universitetiga Italiyaning Benevento shahridagi Sannio universitetidan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi Ka107 mobilita extra-ue doirasida ikki nafar professor Marina Paulissi va Giusippe Nappilar tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Sannio universiteti vakillari universitet rektori, Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq kelgusida akademik almashinuvni yo’lga qo’yish va kengaytirish, amaliy loyihalar samaradorligini oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha qator kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.

Tashrif doirasida professor Marina Paulissi va Giusippe Nappilar universitet tuzulmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi"da yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlar, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.