Bugun, 22-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Filologiya fakulteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Lisoniy meros va tilshunoslik taraqqiyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
]
Xalqaro anjumanni Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i Mirzohid Jaynaqov kirish so’zi bilan tantanali ochib berdi.
Anjumanda beshta sho'ba bo’yicha ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan “Til tadqiqida zamonaviy yo’nalishlar: kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, lingvopoetika, psixolingvistika”, “Tilshunoslik taraqqiyotida an’anaviylik va til o’qitish metodikasi”, “Tatbiqiy tilshunoslik masalalari va kompyuter lingvistikasi”, “Qiyosiy va tarixiy tilshunoslik”, “Shevashunoslik va areal lingvistikasi” ma'vzularida barcha maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.
Ushbu anjuman professor-o'qituvchilarga, soha mutaxassislariga hamda magistrant talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi bo'libgina qolmay, tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI