Andijon Davlat
Universiteti
Talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda
2023-06-21    439

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o'quv rejada ko'rsatilgan zoologiya fanidan 72 soatli o'quv-dala amaliyotni bajarish maqsadida yozgi oromgohga jo'nab ketgan edi.

Ayni paytda Xo’jaobod tumanining Karnaychi qishlog'idagi sport-sog’lomlashtirish oromgohida biologiya ta'lim yo'nalishining 160 nafardan ziyod talabalari auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida amaliyot o'tamoqda.

Talabalar amaliyot rahbari, zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri Alijon Xusanov boshchiligida turli guruhlarga mansub jonivorlarni yashash muhitlarini, organizmlar bilan muhit orasidagi bog'lanishlarni amalda tadbiq etish bilan birga amaliyot davomida yig'ilgan namunalardan kolleksiya va ho'l preparatlar tayyorlashmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.