O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-sentyabrdagi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi 410-sonli va Mehnat Kodeksining 215-moddalariga asosan rahbar xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitishni tashkil etish maqsadida bugun, 19-iyun kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi hamda "Buxoro standart ta'lim" nodavlat ta'lim muassasasi hamkorligida "Mehnat muhofazasi va texnika havsizligi" mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari, dekan o’rinbosarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda soha mutaxassisi Anvarjon Raimjonov tomonidan mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish sohasida ma’muriyatning majburiyatlari va faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish va ventilyatsiya tizimiga qoʻyiladigan texnik va sanitar-gigiyenik talablar mavzularida ma'ruza tinglandi.
Ma’lumot o’rnida, mazkur o’quv-seminar 18 soatga mo’ljalangan bo’lib, 19-iyundan 23-iyunga qadar universitetning katta majlislar zalida belgilangan reja asosida o’tkazilishi belgilangan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI