Kuni kecha Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsion holatlarni oldini olish, taʼlim sifati, imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i A.Akbarov talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida huquqiy tushunchalar berib, imtihon jarayonlari adolatli va shaffof o'tkazilishini ta'minlashini aytib o'tdi.
Uchrashuv davomida Bo'lim boshlig'i tomonidan ta'lim muassasasida manfaatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilsa “Ishonch telefoni” orqali xabar berishlari zarurligi ta’kidlanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI