Andijon Davlat
Universiteti
“TAFAKKUR SINOVLARI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
2018-04-16    6194

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Oliy o‘quv yurtlari, viloyat Adliya boshqarmasi, Fuqorolik jamiyatini shakllantirish va monitoring qilish mustaqil instituti viloyat bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Andijon viloyat bo‘limi hamkorligida joriy yilning 14 aprel kuni Andijon davlat universitetida “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari jamoalari o‘zaro bellashdilar. Jamoalar tanlov nizomiga asosan 4 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlovning yakunida hakamlar tomonidan qo‘yilgan baholarga ko‘ra 129,7 ball bilan Andijon tibbiyot institutining “Shifokor” hamda Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Turkiston” jamoalari 2-o‘rinni, 145 ball bilan Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi viloyatlararo mintaqa bosqichi yo‘llanmasini ko‘lga kiritdi.

Juraev OMADILLO
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.