Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida muddatdan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka raislari, rais o’rinbosarlari va kotiblarini malakasini oshirish bo’yicha oʻquv seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka raislari, rais o’rinbosarlari va kotiblarini malakasini oshirish bo’yicha oʻquv- mashg’ulotlar faoliyatini o’rganish maqsadida respublika ishchi guruhi Andijonga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida ishchi guruh a’zolari Demokiratiya va inson xuquqlari Instituti direktori Sayyora Xadjaeva, Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili Gulnoraxon Abduvohidovalar Andijon davlat universitetida “Muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi "Prezidenti saylovini o'tkazuvchi komissiyalar a'zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” asosida olib borilayotgan o'quv-mashg'ulot jarayoni bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida seminar ishtirokchilarining takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI