Kuni kecha Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida rektor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet kengashning 2022/2023-o'quv yilidagi 10-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish avvalida, universitet rektori A.Yuldashev O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari hamda uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarini belgilash va berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, professor-o'qituvchilarni va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berib o'tdi.
Shundan so'ng, rektor ilmiy unvon olgan professor-o'qituvchilarga diplomlarni tantanali topshirdi.
Yig'ilish davomida ma'ruzachilar tomonidan davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ish, magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, universitet huzuridagi texnikumlar faoliyati samarasi va o’quv jarayoninig to’g’ri tashkil qilinishini o’rganish natijalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha hisobotlar tinglandi.
Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha kelgusi bir oy davomidagi qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI