Andijon Davlat
Universiteti
Yoshlar oʻrtasida kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi targʻibot tadbiri o'tkazildi
2023-06-06    562

Bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.

Bugun, 6-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet profilaktika katta inspektori U.Nazarov bugungi oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarning mazmun-mohiyati, internetdan foydalanish madaniyati, kiberxavfsizlik qoidalari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi.

Shundan soʻng, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi Maqsadbek Mirabdullayev soʻz olib, oilada farzand tarbiyasiga jiddiy yondashish kerakligi, bolaga internetdan toʻgʻri va samarali foydalanish qoidalarini oʻrgatish lozimligi, kompyuterga taqiqlangan axborotlardan himoyalovchi maxsus dasturlar oʻrnatish lozimligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Ushbu tadbir yigʻilganlarda koʻplab foydali maʼlumotlar ulashish bilan esda qolarli boʻldi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.