Andijon davlat universitetida 1-iyundan 30-iyunga qadar “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida "Yoshlar oyligi" doirasida sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlar, gala konsertlar va boshqa ko‘plab loyihalar o‘tkazilishi belgilangan.
Bugun 5-iyun kuni Andijon davlat universitetining talabalar turar joylarida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Yoshlar oyligi" doirasida sportning shaxmat-shashka, futbol, volleybol, stol-tennis turlari bo'yicha musobaqalar, psixologik trening, osh tanlovi va "Karaoke kechasi" tashkil etildi.
Universitetimiz talabalar turar joylarida yoshlarning maroqli va mazmunli dam olishlari uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari belgilangan reja asosida 30-iyunga qadar davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI