Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda viloyat OTMlarining milliy reytingini aniqlash bo'yicha test jarayonlari bo'lib o'tmoqda
2023-06-05    657

Ayni paytda Andijon davlat universitetining ikkinchi sport zalida viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalarini 2022-yildagi faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo'yicha professor o'qituvchilardan chet tillari hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari, bitiruvchi bosqich talabalaridan esa mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o'tkazilmoqda.

Ushbu jarayonda belgilangan tartibda universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etib kelmoqda.

Test jarayonlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimlari va viloyatdagi ishchi guruh a’zolari tomonidan nazorat qilib bormoqda.

Ma'lumot o'rnida, test jarayonlari 5-iyun kunidan 13-iyun kuniga qadar Andijon davlat universitetining 2 - sport zalida o'tkazish belgilangan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.