Bugun, 2-iyun kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchilari va koordinatorlari ishtirokida uchrashuv o’tkazdi.
Dastlab, prorektor yetakchilar va koordinatorlarning bugungi kundagi faoliyati bilan tanishib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ular faoliyatiga oid qabul qilinayotgan muhim qonunlar, farmon va qarorlarning mazmun mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berdi.
Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida Xurshidbek Xodjamberdiyev yoshlarning faolligini yanada oshirish masalasida ishtirokchilarning fikr va takliflarini tingladi. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI