Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetining 4 nafar talabasi "Men gʻolibman" yugurish marafonida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
2023-05-27    385

Bugun, 27-may kuni viloyatimizda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish maqsadida "Men gʻolibman" yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan mingdan ziyod qatnashchilar ichida Andijon davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi.

Marafonning yakuniy natijalariga ko'ra, Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining quyidagi talabalari faxrli o'rinlarni egalladi:

➖ Erkaklar oʻrtasida:
1-oʻrin Nodirbek Mutalibov;
2-o'rin Oybek Mamatkomilov;
3-o'rin Mamirjon Mamatazizov

➖ Ayollar oʻrtasida:
1-oʻrin Azizaxon Mirzaakbarova

Gʻolib talabalarimiz viloyat hokimligining esdalik va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.