Andijon Davlat
Universiteti
Vodiyning yirik matematiklari ishtirokida ilmiy konferensiya o'tkazildi
2023-05-27    544

Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek singari ulug' ajdodlarimiz tamal toshini qo'ygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanib borayotgan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetida Farg'ona vodiysining 50 dan ziyod matematik olimlari ishtirokida navbatdagi ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiya doirasida "On a mixed equation involving Phabhakar fractional order integral-differential",  "Local and 2-local automorphisms of some solvable Leibniz algebras operators", "On p-adic Gibbs measures for the Ising model on the Cayley tree" mavzusida professor, yosh olimlarning maʼruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Bu kabi konferensiyalarni o‘tkazish yoshlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, egallagan bilimlarini hayotga tatbiq etishlariga undaydi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.