Mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun, Andijon davlat universitetida "Narkotik moddalarning noqonuniy muomilasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i, universitet profilaktika katta inspektori, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti, Pedagogika va Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti professor o'qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ishtirok etdi.
"Bugungi kunda eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni diniy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z хalqi, vataniga mehr- sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etish va munosib himoya qilish har birimizning ustuvor vazifamizdir" - deydi universitet yetakchisi Omadbek Olimjonov.
Suhbat davomida maruzachilar tomonidan professor-o’qituvchilar va talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lida birlashishga chorlab, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash jarayonida yoshlarning o‘rni juda muhim ekani, yoshlarimizni turli mafkuraviy hurujlardan himoya qilish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kuchlarga qarshi izchil kurash olib borish lozimligi ta’kidlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI