Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi.
Bugun, 25-may kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari universitet qoshidagi akademik litseyda o'qituvchilar, ishchi-xodimlar ishtirokida “Korrupsiya jamiyat kushandasi”, "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda bo‘lim boshlig'i A.Akbarov hamda universitet profilaktika inspektori U.Nazarovlar tomonidan jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimiz onggida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish hamda kiberxavfsizlik va firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida koʻpayib boirayotganligi, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, balki ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar ham birdek mas'ul ekanligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar korrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI