Joriy yilning 24-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbat avvalida tadbir ishtirokchilariga mavzu doirasidagi videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Abdurahmon domla Ortiqov dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, xalqaro diniy ekstremizm, diniy qarama-qarshilik kuchayib borayotgani, dinni niqob qilib olgan kimsalar o'zining g'araz niyatlarini amalga oshirib kelayotgan bir paytda doimo ogoh bo'lib yashash kerakligini takidladi.
Davra suhbatida so‘z olgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i A.Akbarov korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llash, uning zararli oqibatlari, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazo muqararligini ta'kidladi.
IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Odiljon Karimov va universitet katta profilaktika inspektori Ulug'bek Nazarovlar tomonidan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ular orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyatda o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berildi.
Qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan suhbatda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI