Bugun, 22-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish", “Diniy ekstremistik g`oyalar girdobiga tushib qolmaslik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo‘libgina qolmay, balki unga barchamiz birday mas’ul bo‘lmog‘imiz lozimligi ta’kidlandi.
Davra suhbatida so‘z olgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i hamda universitet katta profilaktika inspektori korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va viloyat hududida yoshlar, ayniqsa, talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, shuningdek yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI