Andijon Davlat
Universiteti
Prorektor doktorantlar bilan uchrashdi
2023-05-20    595

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Karimjanov Iqboljon 1-bosqich doktorantlar (PhD/DSc) bilan uchrashdi.

Prorektor ma’ruzasi avvalida doktorantlar oldida turgan mas’uliyatli vazifalarga to‘xtalib, universitet ilmiy salohiyatini rivojlantirish uchun ilm-fan sohiblariga, ayniqsa yosh olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, ularni faolikka chorladi.

Uchrashuv davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yil yakuniga qadar barcha xisobotlarni topshirilishlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 304-sonli qarorning mazmun-mohiyati tushintirildi. Doktorantlarning ilmiy tadqiqot faoliyati mobaynida uchragan muammolari o’rganib chiqildi va barataraf etish choralari ko’rildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.