O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Andijon davlat universitetida “Andijon davlat universitetining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
- "Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog", bunda tegishli fan (kurs) bo‘yicha o‘qitish metodikasiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
- "Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi", bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
- "Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog", bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash sohasidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
Tanlovda kamida 3 yil to‘liq me’yor bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’iy nazar, bakalavriat yoki magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida (ma'ruza, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari olib borayotgan, shtatli professor-o‘qituvchilar hujjatlarini tanlov komissiyasiga (o‘quv-uslubiy boshqarmaga) 2023-yilning 10-iyun kuniga qadar kechiktirmasdan taqdim etishlari so‘raladi.
Nominatsiyalar bo‘yicha 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadilar, tegishli ravishda egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtatdagi maoshi miqdorining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsiyenti miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI