Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektoriga futbol assotsiatsiyasining maxsus sovg'alari topshirildi
2023-05-19    597

Bugun Andijon davlat universitetida Andijon viloyati  futbol assotsiatsiyasi rahbari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi ishtirokida ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazdi.

 

Uchrasuvda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyati haqida gapirib o'tdi.

Uchrashuv davomida assotsiatsiya rahbari Begzodbek Karimov yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish bo'yicha fikrlar bildirib, universitet futbol terma jamoasining kelgusi faoliyatlariga omad tiladi. 

Uchrashuv yakunida Begzodbek Karimov va Muzaffar Madazimovlar birgalikda universitet rektoriga futbol assotsiatsiyasining maxsus sovg'asi hamda oliygohimiz futbol terma jamoasiga o'zlarining o‘quv-mashg'ulotlarida foydalanishlari uchun sport anjomlarini topshirdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.