Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Filologiya, Jismoniy madaniyat va Fizika fakulteti talabalariga “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, jamiyatning eng jirkanchli illati - korrupsiya ekanligi, uning oldini olish har bir insoning burchi ekanligi, ayniqsa, ta'lim sohasida bunga sira ham yo'l qo'yib bo'lmasligi ta'kidlab o'tildi.
Suhbat davomida universitet profilaktika katta inspektori bugungi kunda talaba-yoshlar o'rtasidayoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishda tarbiya va xarakterning uzviy bog‘liqligi, har qanday salbiy xarakter ildiz otmasligi uchun zudlik bilan korreksion tarbiyaviy ishlarni olib borish zarurligini tushuntirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI