Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "SHARQ TAFAKKURI OLAMI" MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV O‘TKAZILDI
2023-05-18    801

Bugun, 18-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida tarix fakulteti O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi M.Radjapova tashabbusi bilan talabalarning "Sharq allomalari ilmiy merosi" fanidan olgan bilimlarini sarhisob qilish va mustahkamlash maqsadida "Sharq tafakkuri olami" mavzusida ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda fakultetning 3-bosqich talabalaridan tashkil topgan 4 ta jamoa 50 nafardan ziyod talaba-yoshlar 4 ta shart asosida bellashdilar. 

Tadbirni universitet birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra barcha shartlar bo'yicha mutloq g'olib 307-308-guruh talabalari jamoasi, "Eng bilimdon jamoa" nominatsiyasi g'olibi 305-306-guruh talabalari, "Eng Yaxshi sahna ko'rinishi" nominatsiyasi g'olibi 301-302-guruh talabalari, "Eng zukko jamoa" nominatsiyasi 303-304-guruh talabalari nasib etdi. 

 Tadbir so'nggida tanlovning g‘olib va sovrindorlari universitet ma'muryati tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.