Andijon Davlat
Universiteti
Xorijlik mehmonlar rektor Akramjon Yuldashev qabulida bo‘ldi
2023-05-17    659

Ma'lumki 15-17-may kunlari Andijon davlat universiteti, Turkiyaning Egey universiteti va Ozarbayjonning Boku davlat universiteti hamkorligida "Yevroosiyo bioxilma-xilligini saqlash: zamonaviy muammolar, yechimlar va istiqbollar" mavzusida I Xalqaro anjuman o'tkazildi.

Anjuman doirasida hamkor oliy ta'lim muassasalari vakillari universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq, professor-oʻqituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish va amaliyotlar tashkil etish, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish boʻyicha kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida universitetlar o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari borasida kelishuvlar, kelgusidagi rejalar belgilab olindi va konferensiya doirasida o'zlarining ma'ruzalari bilan faol ishtirok etganligi uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.