Andijon Davlat
Universiteti
BALTIKA FEDERAL UNIVERSITETI PROFESSORI UNIVERSITETIMIZ TALABALARIGA MA'RUZA O‘QIDI
2023-05-13    478

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasi Immanuil Kant nomidagi Baltika federal universiteti professori, geografiya fanlari doktori V. Chasovskiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor V.Chasovskiyning geografiya ta'lim yo‘nalishi uchinchi bosqich talabalariga Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanidan "Dunyo siyosiy xaritasining paydo bo‘lishi" mavzusida ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruza davomida Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari, barcha mamlakatlarning chegaralari, ularning siyosiy tizimi va ichki tuzilishi hamda yer yuzidagi ilk davlatlar haqida ma'lumotlar berib o'tdi.

Ma’ruza mashg'ulotlari ta'lim muassasamiz magistrantlari va talaba-yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.