Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "JAHON TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O'TKAZILDI
2023-05-11    499

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 2-maydagi 118-sonli buyrug'ining ijrosini taminlash maqsadida bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida "Jahon tarixining dolzarb muammolari va istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda O'sh davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori, B.Abitov, Tarix fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi R.Shamsitdinov, Yevroosiyo milliy universiteti professori, turkshunos olim A.Shaldarbekova, Tojik pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sh.Vohidov, tarix fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

 

Dastlab, universitetning kichik majlislar zalida anjumanni ochib berish uchun Andijon davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Vahobjonovich so'zga chiqib, bu kabi anjumanlar ko'plab tashkil etilishi, bu o'z navbatida ta'lim sohasini yanada rivojlanishiga yo'l ochib berishi to'g'risida gapirib o'tdi

Anjuman davomida ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qoʻyilgan 5 ta shoʻba bo'yicha Oʻrta Osiyoda istiqlolchilik harakati tarixidan (1917–1934-yillar), Tarix fanini oʻqitishning nazariy-metodologik va innovatsion jihatlari, Qadimgi fargʻonaliklarni etnomadaniyatiga oid maʼlumotlar, Buxoro amirligi tarixini oʻrganishda Buxoro amiri qushbegi arxivining oʻrni va ahamiyati va Oʻzbekiston va jahon mamlakatlari taraqqiyotida oila institutinig oʻrni kabi mavzularida barcha maʼruzalar tinglandi va yakunda yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.

Tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman professor-o'qituvchilarga, soha mutaxassislariga hamda magistrant talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi bo'libgina qolmay, tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.